O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi O'zbekiston Davlat Filarmoniyasi Qashqadaryo viloyat bo'linmasi (matnda — Filarmoniya) — milliy, mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs san'atini saqlash, rivojlantirish va targ'ib qilish maqsadida tashkil etilgan davlat muassasasi hisoblanadi.
Filarmoniya o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Madaniyat vazirligining buyruqlari va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
